Rossiya biz o‘ylayotgandek kuchli emas – Shols

Olam

image

Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya kuch-qudratini ortiqcha baholamaslikka chaqirdi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.

"Rossiya ayni paytda biz o‘ylayotgandek kuchli emas. Harbiy jihatdan Rossiyaning Ukrainadagi urushi, albatta, shafqatsiz, lekin repressiv rus tizimi ichidan chirib bormoqda. Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi birlashishi va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi bu jarayonni tezlashtiradi", degan u Germaniya Bundestagidagi bayonotida. 

Shuningdek, Shols ittifoq so‘nggi paytda Ukrainaga yordam masalasida qabul qilayotgan qarorlari bilan Rossiyaga o‘ziga xos signal jo‘natayotganini qo‘shimcha qilgan.

"Agar Putin bu urushda yana biroz kutsam, Ukraina taslim bo‘ladi, deb o‘ylasa xato qiladi. Biz Ukrainani oxirigacha qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz birdammiz - Germaniya va Fransiya, Veymar uchburchagi, butun Yevropa", degan Germaniya kansleri.

Shols Yevropa Ittifoqi doirasida qurol ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga ham e’tibor qaratgan: 

"Biz mamlakatlarimizni qurol-yarog‘ bilan yetarli darajada ta’minlashimiz uchun harbiy-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashimiz zarur", degan siyosatchi o‘z bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Rossiya Ukraina Shol'ts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing