Rossiya birinchi bo‘lib yadro qurolidan foydalanishi mumkin – Medvedev
Olam
−
25 aprel 2023
15441Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev davlatga tahdid soladigan tajovuzkorlik ko‘rsatilsa, Rossiya birinchi bo‘lib yadro qurolidan foydalanishini ma’lum qildi. Bu haqda u bugun, 25 aprel kuni bo‘lib o‘tgan "Bilim. Birinchi" ta’lim marafonida so‘zlagan nutqida aytib o‘tgan.
"Siz Rossiya hech qachon yadro qurolidan birinchi bo‘lib foydalanmasligini aytdingiz, ammo bu mutlaqo to‘g‘ri emas", deydi u.
Medvedev nutqida Rossiya Federatsiyasi yadroviy doktrinasining bandlaridan biriga ishora qilgan.
“Unda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytilishicha, agar Rossiya Federatsiyasiga qarshi tajovuz davlatning mavjudligiga tahdid soladigan boshqa turdagi qurollardan foydalangan holda amalga oshirilgan bo‘lsa, yadro qurolidan foydalanish mumkin. Aslida bu shunday harakatlarga javoban yadro qurolidan foydalanishdir. Bizning potensial raqiblarimiz buni e’tibordan chetda qoldirmasliklari kerak”, deydi Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari.
Dmitriy Medvedev Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi paytida Rossiyaning mavjudligiga tahdid tug‘ilgan taqdirda yadroviy quroldan foydalanish bilan bir necha bor tahdid qilgan.
Bu bayonotlar G‘arbda keskin salbiy munosabatga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga NATO va Yevropa Ittifoqi davlatlari bir ovozdan Rossiyaning qo‘shni davlatga urushida g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymasliklarini bir necha bor ta’kidlagan.
LiveBarchasi