Rossiya bir sutkada 1,5 ming askaridan ayrildi – Ukraina armiyasi

Olam

image

Rossiya kuchlari Ukrainaga qarshi urushda so‘nggi bir sutka ichida 1 520 nafar harbiy xizmatchisini yo‘qotdi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lum qildi.

Ukraina tomonining hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning urush boshlanganidan, ya’ni 2022 yil 24 fevraldan 2026 yil 19 sentyabrgacha bo‘lgan davrdagi umumiy jangovor yo‘qotishlari taxminan 1 million 516 ming 430 nafar harbiy xizmatchisini tashkil etgan.

Qayd etilishicha, urush boshlanganidan buyon Rossiya qo‘shinlari 12 352 ta tank, 25 357 ta zirhli jangovor mashina, 50 011 ta artilleriya tizimi, 2 143 ta ko‘p martalik raketa tizimi, 1 657 ta havo hujumidan mudofaa tizimi va 442 ta samolyotini yo‘qotgan.

Shuningdek, Rossiya tomonining yo‘qotishlari qatorida 356 ta vertolyot, 2 672 ta quruqlikdagi robotlashtirilgan tizim, 524 132 ta tezkor-taktik uchuvchisiz uchish apparati, 5 111 ta qanotli raketa, 35 ta harbiy kema va kater hamda 2 ta suvosti kemasi bor.

Bundan tashqari, 150 922 ta transport vositasi va yonilg‘i sisternasi hamda 4 703 ta maxsus texnika yo‘q qilingan.

Ukraina Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir sutkada Rossiya 1 ta tank, 5 ta zirhli jangovor mashina, 73 ta artilleriya tizimi, 1 ta ko‘p stvolli raketa tizimi, 11 ta havo hujumidan mudofaa tizimi, 16 ta yer usti robotlashtirilgan tizim, 1 816 ta dron, 480 ta avtomobil va yonilg‘i tashuvchi sisterna hamda 2 ta maxsus texnikasidan ayrilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 sentyabr kuni Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga qarshi urushdagi jangovor yo‘qotishlari 1 million 513 ming 490 nafarga yetib, so‘nggi bir sutkada esa 1 960 nafar harbiy xizmatchisini yo‘qotgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing