Rossiya bir oy muddatga BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qiladi

Olam

image

Janubiy Koreyaning BMT Xavfsizlik Kengashidagi raislik muddati yakunlandi. 1 iyulda bu rol Rossiyaga o‘tdi. Xavfsizlik Kengashiga raislik har oy bir mamlakatdan boshqasiga o‘tkaziladi.

“Rossiya raislik davrida uchta asosiy tadbirni rejalashtirgan. Ulardan biri yanada adolatli, demokratik va barqaror dunyo tartibini barpo etish uchun ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha ochiq munozara bo‘ladi. Uchrashuv 16 iyulga belgilangan”, deb xabar berdi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya.

Ertasi kuni, 17 iyul kuni Yaqin Sharqdagi kelishuv bo‘yicha ochiq munozaralar bo‘lib o‘tadi. Har ikki tadbirga Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov raislik qilishi kutilmoqda. 19 iyul kuni BMT va KXSHT, MDH va SHHT o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha bahslar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Nebenzyaning aytishicha, Rossiya Xavfsizlik Kengashiga raisligi davrida Sevastopoldagi plyajda ATACMS yordamida hujumni muhokama qilishlari mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Janubiy Koreya BMT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing