Rossiya bir kechada Ukrainaga 30 dan ortiq dron uchirdi

Olam

image

16 dekabrga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Ukraina bo‘ylab Shahed-136/131 tipidagi 31 ta dronni uchirdi. Bu haqda Ukraina Havo kuchlari xabar berdi.

“Tunda rus jangchilari  Shahed-136/131 rusumli 31 ta dron yordamida Ukrainaga yana hujum qildi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari va vositalari 30 ta hujumchi dronni yo‘q qildi”, deyiladi xabarda.

Ukraina Qurolli kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchisiz samolyotlar Dnepropetrovsk, Kiyev, Vinnitsa, Chernigov, Sumi, Poltava, Cherkassiy, Xerson, Zaporoje, Nikolayev va Xmelnitskiy viloyatlarida urib tushirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xersonning o‘qqa tutilishi oqibatida uch kishi jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz, 14 dekabrga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaga uchuvchisiz samolyotlar va S-300 raketalari bilan hujum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Shahed

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing