Rossiya bilan o‘ynashish Britaniyaga qimmatga tushadi – Jonatan Shou

Olam

image

Buyuk Britaniya xalqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qiyin kunlarni boshdan kechiradi. Biroq mamlakat rasmiylari bu xavfni sezmayapti. Bu haqda “The Independent” nashri iste’fodagi general Jonatan Shouga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, agar London Moskva ta’siridan bug‘doy va neft importini taqiqlash orqali o‘zini qutqarishga harakat qilsa, aholining turmush darajasi juda yomonlashadi. Ko‘pchilik britaniyaliklar hukumat kabi Rossiya bilan “yangi sovuq urush” oqibatlari jiddiyligi haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega.

Shouning ta’kidlashicha, Britaniya rasmiylari uzoq yillar davomida mamlakat iqtisodiyotiga ustuvor ahamiyat berib, turli davlatlar bilan bitimlar tuzgan. Bunda ular savdo sheriklarining siyosiy pozitsiyasiga e’tibor bermagan. Masalan, Londonga arzon yoqilg‘i yetkazib bergan Saudiya Arabistonida shunday bo‘lgan.

Biroq, Rossiya Federatsiyasi misolida iqtisodiy tarkibiy qism ikkinchi darajaga tushib qolgan, bu esa inglizlarning farovonligiga salbiy ta’sir qiladi.

“London Rossiya bilan iqtisodiy jihatdan emas, balki geosiyosiy jihatdan o‘yin o‘ynashga qaror qilgani sabab, Buyuk Britaniya hukumati aholini turmush darajasining uzoq muddatli pasayishiga tayyorlashi kerak”, deydi sobiq general.

Nashrning qayd etishicha, aholining turmush darajasi keyingi oyga borib juda og‘ir ahvolga kelib qoladi. Hozir aholi oziq-ovqat narxlarining keskin oshib ketganidan shikoyat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya Rossiyaning VTB Banki, “Aeroflot” kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritgan va yuqori texnologiyali mahsulotlarni Rossiyaga eksport qilishni taqiqlagan. Bundan tashqari, Rossiya va rus kompaniyalariga Buyuk Britaniyada moliyaviy yordam olish taqiqlanishini e’lon qilgan. Bu Rossiya kompaniyalari o‘z qimmatli qog‘ozlarini ular uchun juda mashhur bo‘lgan London fond birjasiga joylashtira olmasligiga olib kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1254

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing