Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashdan boshqa ilojimiz yo‘q – Belarus TIV 

Olam

image

Belarus tomoni G‘arb "sheriklari" bosimi ostida Rossiya bilan munosabatlarni mustahkamlashda davom etadi. Bu haqda Belarus Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey ma’lum qilgan.  

Uning ta’kidlashicha, Respublika Hukumati "jamoaviy G‘arb" tomonidan amalga oshirilayotgan ochiq bosimga guvoh bo‘lmoqda. 

Shuningdek, vazir shu kabi hodisalar Rossiya atrofida ham bo‘lib o‘tayotganini qo‘shimcha qilgan. 

"Bizning an’anaviy sherigimiz bo‘lgan, qardosh davlat Rossiya bilan aloqalarni yanada mustahkamlashdan boshqa ilojimiz yo‘q. Bu aniq", deya ta’kidlagan Makey. 

Bundan tashqari, vazir Minskning Belarus mahsulotlari eksport qilinadigan G‘arb tomoni bilan munosabatlarni buzish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Belarus'

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing