Rossiya beshta davlat bilan aviaparvozlarni tiklaydi 

Olam

image

Rossiya joriy yilning 1 dekabridan Bangladesh, Braziliya, Mo‘g‘uliston, Kosta-Rika va Argentina bilan parvozlarni tiklaydi. Bu haqda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha operativ shtab ma’lum qilgan.  

Shtab ma’lumotlariga ko‘ra, 1 dekabrdan boshlab quyidagi davlatlar bilan o‘zaro asosda muntazam reyslarni tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi: Bangladesh Moskva — Dakka yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 2 ta reys chastotasi bilan; Mo‘g‘uliston Moskva — Ulan-Bator yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 3 ta reys, Ulan-Ude — Ulan-Bator haftasiga 1 ta reys, Irkutsk — Ulan-Bator va Krasnoyarsk — Ulan-Bator yo‘nalishlarida haftasiga 1 ta reys. 

Shuningdek, Braziliya bilan havo qatnovi Moskva — Rio-de-Janeyro yo‘nalishida haftasiga 2 reys chastotasi bilan tiklanadi; Kosta-Rika — Moskva — San-Xose yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 2 ta reys; Argentina — Moskva — Buenos-Ayres yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 2 ta reys.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya parvoz

Baholaganlar

155

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing