Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilmoqchi

Olam

image

Rossiya kelgusi hafta benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishi mumkin. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.

Unga ko‘ra, hukumat yoqilg‘i ishlab chiqaruvchilarni benzin va dizel eksportiga cheklovlarni olib tashlashga tayyorgarlik ko‘rishini buyurgan. 

Joriy yilning 21 sentyabr kuni Rossiya ma’lum taqchilliklarni bartaraf etish maqsadida yoqilg‘i eksportiga taqiq joriy qilgandi. 6 oktyabr kuni esa cheklovlarni biroz yumshatib, dizel eksportiga ruxsat berdi, lekin benzin yetkazib berish taqiqi o‘z kuchida qoldi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov avvalroq Rossiya tomonidan benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga kiritilgan cheklovlar O‘zbekistonga yetkazib berishga ta’sir qilmaganini va davlatlar o‘rtasida hukumatlararo kelishuv tuzilganini bildirgan. Yil boshida O‘zbekistonga benzin importining aksar qismi Rossiya hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda benzin narxi bo‘yicha rekord narxlar yangilangani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Unda Toshkentdagi “Lukoyl” yoqilg‘i quyish shoxobchasiga keltirilgan Rossiyaning AI-95 markali benzinining litri 18 500 so‘m sotilayotgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya benzin eksporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made