Rossiya Belgorodda 70 dan ortiq “diversant”lar yo‘q qilinganini e’lon qildi
Olam
−
24 may 2023
7326Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Belgorod viloyati hududiga bostirib kirgan 70 dan ortiq diversant yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda kecha, 23 may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov ma’lum qildi.
Vazirlikning da’vo qilshicha, Ukraina Baxmut shahrida mag‘lubiyatga uchragach tinch aholiga qarshi terrorchilik harakatlarini amalga oshirishga o‘tgan.
“22 may kuni “Kozinka” xalqaro nazorat-o‘tkazish punkti, shuningdek, Belgorod viloyatining Grayvoron tumanidagi boshqa bir qator fuqarolik ob’ektlari intensiv artilleriyadan o‘qqa tutilgandan so‘ng, ukrain millatchi tuzilmasi bo‘linmasi Rossiya Federatsiyasi hududiga bostirib kirdi. Aksilterror operatsiyasi davomida havo hujumlari, artilleriya o‘qlari va G‘arbiy harbiy okrug Davlat chegarasi qo‘riqlash bo‘linmalarining faol harakatlari natijasida millatchi tuzilmalar bloklandi va tor-mor etildi. Millatchilarning qoldiqlari Ukraina hududiga qaytarildi, u yerda ular butunlay yo‘q qilinmaguncha otishma davom etdi”, degan Konashenkov.
Shuningdek, u 70 dan ortiq ukrainalik, to‘rtta zirhli jangovar mashina va beshta pikap yo‘q qilinganini ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, viloyat gubernatori 12 nafar tinch aholining jarohatlanganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 22 may kuni Ukraina Qurolli Kuchlarining asosan ruslardan tashkil topgan harbiy qismlari – “Rus ko‘ngillilari korpusi” va “Rossiya ozodlik legioni” Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh Belgorod viloyatiga hujm boshlagan edi. Shundan so‘ng tinch aholi Belgorodni ommaviy ravishda tark eta boshlagandi.
LiveBarchasi