Rossiya Belarusga og‘ir texnikalardan iborat diviziya kiritdi
Olam
−
29 yanvar 2022
10713Bugun, 29 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya Ittifoq davlatining javob kuchlarini tekshirish doirasida qurolli kuchlar bo‘linmalarini Belarusga qayta joylashtirishni davom ettirmoqda. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar bergan.
“Yana bir temir yo‘l eshaloni Sharqiy harbiy okrugning “Pansir-S” zenit-raketa to‘qnashuv bo‘linmasini tushirish stansiyasiga yetkazdi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilingan videorolikdan ma’lum bo‘lishicha, diviziya 12 ta jangovar texnikani o‘z ichiga oladi, ularning har biri 12 ta zenit-raketalarni tashish imkoniyatiga ega.
Yuklarni tushirgandan so‘ng, Rossiya harbiy xizmatchilari joylashtirish hududiga yuradi va Belarus hamda Rossiyaning yagona mintaqaviy havo hujumidan mudofaa tizimi tarkibida jangovar tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydi.
Qayd etilishicha, Ittifoq davlatining reaksiya kuchlarining sinovi ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchisi 9 fevralgacha davom etadi. Shu vaqt ichida Belarus hududida qo‘shinlarni joylashtirish, ularni guruhlarga ajratish, davlat va harbiy ob’ektlarni, shuningdek Ittifoqning havo chegara himoyasini tashkil etish, havo hujumidan mudofaa kuchlarining navbatchilikka tayyorligini tekshirish rejalashtirilgan.
Ikkinchi bosqich 10-20-fevral kunlari bo‘lib, unda “Ittifoqchilar qarori – 2022” qo‘shma mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Rossiya va Belarus harbiylari tashqi tajovuzni bostirish va terrorizmga qarshi kurashish, xususan, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni yetkazib berish kanallarini to‘sib qo‘yish, shuningdek noqonuniy qurolli tuzilmalar, sabotaj-razvedka guruhlarini yo‘q qilish vazifalarini ishlab chiqadi.
Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sank-Peterburgda o‘tgan Belarus rahbari bilan uchrashuv chog‘ida, 2022 yil fevral-mart oylarida Rossiya-Belarus harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi paytlarda G‘arb matbuoti Rossiya Ukraina bilan chegaradosh hududlarda qo‘shin to‘playotgani, bu bilan u hujumga tayyorlanayotgani haqida bong urib kelmoqda. Ammo Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Rossiya o‘z hududi bo‘ylab har qanday harbiy harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega, bu hech kimning xavotirga tushishiga asos bo‘la olmaydi.
Shuningdek, Rossiya 2021 yilning 17 dekabr kuni AQSH va NATOga bir qancha talablar qo‘ygandi. U alyansdan yangi a’zolarni, birinchi navbatda Ukrainani qabul qilishdan bosh tortishni, shuningdek, ilgari SSSR tarkibiga kirgan davlatlar hududiga o‘z qo‘shinlarini joylashtirmaslikni talab qilgan.
LiveBarchasi