Rossiya Belarusga “Iskander-M” qurolini o‘tkazdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 3 aprel kuni Rossiya harbiylari belaruslik hamkasblarini yadro kallagiga ega raketalar bilan jihozlanishi mumkin bo‘lgan “Iskander-M” operativ-taktik raketa tizimidan foydalanishga o‘rgatishni boshladi. Bu haqda bugun, 4 aprel kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu vazirlikda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Shoyguning aytishicha, Donbassdagi janglar tizimli ravishda rivojlanmoqda. Ukrainadagi harbiy ob’ektlarga qilingan hujumlar ham Kiyev qo‘shinlarining ta’minotini to‘xtatishga imkon bergan. Biroq G‘arbning harakatlari, jumladan Finlyandiyaning NATOga kirishi mojaroning sezilarli darajada kengayishi xavfini tug‘diradi.

Rossiya NATO harakatlariga javoban Belarusga ham oddiy, ham yadroviy versiyada raketalardan foydalana oladigan “Iskander-M” kompleksini topshirgan. 3 aprel kuni Rossiya poligonlaridan birida Belarus ekipajlarining mashg‘ulotlari boshlangan. Bundan tashqari, Belarus samolyotlarining bir qismi yadro qurolini olib yurish qobiliyatiga ega bo‘lgan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, NATO mojaroning kuchayishiga olib keladigan Rossiyaga qarshi yo‘nalishini kuchaytirmoqda. Masalan, birgina joriy yilning o‘zida Ukrainaga G‘arbda ishlab chiqarilgan 200 dan ortiq tanklar, 400 dan ortiq zamonaviy zirhli jangovar mashinalar yetkazib berilishi aytilgan.

Bundan tashqari, G‘arb davlatlari allaqachon Kiyevni 150 kmgacha uchadigan raketalar bilan ta’minlamoqda va 300 km masofaga uchadigan ATACMS taktik raketalari hamda F-16 qiruvchi samolyotlarini topshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya Belarus' Shoygu Iskander-M

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made