Rossiya Belarusda qo‘shinlari sonini ko‘paytirmoqda.

Olam

image
Putin va Lukashenko uchun spektakl: yadroviy qurollar sinovi qanday o‘tdi? north_east

Putin va Lukashenko uchun spektakl: yadroviy qurollar sinovi qanday o‘tdi?

Joriy yil 10 fevral kuni boshlangan Rossiya harbiylarining Belarus hududidagi mashg‘ulotlari bugun, 20 fevral kuni tugashi rejalashtirilgan edi. Ammo, G‘arbga ko‘ra Belarusdagi rus qo‘shinlari ortga qaytishi o‘rniga, ularning soni yana ham ko‘paygan.

Ukraina chegarasadagi vaziyat jiddiylashishi va xavf darajasi ortgani sababli Belarus o‘z hududiga kiritilgan 30 000 dan ortiq Rossiya qo‘shinini mamlakatda saqlab qolishga qaror qilgan. Bu haqda bugun Belarus Mudofaa vazirligi xabar berdi.

NATOga a’zo G‘arb mamlakatlari tomonidan ushbu harakat Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishi haqidagi taxminlarning rostligiga isbot sifatida baholanmoqda. 

Ukrainaga hujum qilish haqidagi xabarlarni inkor qilib kelayotgan Kreml, hozircha Belarus Mudofaa vazirligi e’lon qilgan bayonet haqida hech qanday ma’lumot bermagan. 

Ma’lum qilinishacha, hatto kecha, 19 dan 20 fevralga o‘tar kechasi Ukraina sharqidagi Donetsk (DXR) hududidan bir necha bor kuchli portlash ovozlari eshitilgan. 

Ammo, Kiyev ham DXR ham hujum uyushtirilishida bir-birini ayblamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Ukrainaning sharqiy hududlarida joylashgan rossiyaparast, o‘zini suveren deya atovchi hududlar -  tan olinmagan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasi (DXR) yetakchilari kecha, 18 fevral kuni aholini Rossiyaga evakuatsiya qilish haqida buyruq bergan. 

Ukraina tarkibidan ajralib chiqish harakatida bo‘lgan ikki hudud joriy yilning 17 fevral kuni Ukraina harbiylari Donbassga hujum qilganini ro‘kach qilib, Kiyevni ayblamoqda. Ammo, rasmiy Kiyev LXR va DXR tomonidan Ukraina hududiga 60 marotaba o‘q uzilganini aytmoqda. Hatto, ba’zi hujumlar og‘ir artilleriyalar yordamida uyushtirilgani ma’lum qilingan.

Rasmiy Kiyev LXR va DXRni Rossiya hujumga o‘tishi uchun bahona yaratish maqsadida, Ukraina ularga birinchi o‘t ochgani haqidagi yolg‘on xabarlarni tarqatishda ayblagan. 

LXR va DXR hujum boshlangani ortidan o‘z fuqarolarini Rossiya hududiga evakuatsiya qila boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

288

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing