Rossiya Baydenning inauguratsiyasi haqida qanday fikrda?

Olam

image

Rossiya AQSHning yangi Prezidenti Jozef Baydenning inauguratsiyasiga hech qanday tarzda tayyorlanmaydi, lekin Vashington bilan yaxshi munosabatlarga umid qilmoqda. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Kreml inauguratsiyaga tayyorlanmayapti, Rossiya uchun hech narsa o‘zgarmaydi (Bayden prezidentlikka kelganidan keyin). Rossiya, yuzlab yillar davomida yashab kelganidek, Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan yaxshi aloqalarni izlab yashashda davom etadi”, deydi Peskov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Putin avvalroq Baydenni AQSH prezidenti etib saylangani bilan tabriklab ulgurgan.

AQSHning saylangan Prezidenti Jozef Baydenning inauguratsiyasi bugun, 20 yanvar kuni Kapitoliy zinapoyasida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing