Rossiya askarlari o‘lgan shimoliy koreyaliklarning yuzlarini yoqib yubormoqda – Zelenskiy (video)

Olam

image

Rossiya askarlari o‘lgan shimoliy koreyaliklarning yuzlarini yoqib yubormoqda. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Ukraina Prezidenti kanaliga video joylagan va unda bir necha rus askarlari shimoliy koreyalik deb aytilayotgan marhumning boshini yoqib yuborgani tasvirlangan.

“Ruslarda sinizm bundan battar bo‘lishi mumkin emasdek tuyulgandi, ammo yana ham yomonroq holatlarga guvoh bo‘lmoqdamiz. Rossiya nafaqat Shimoliy Koreya askarlarini Ukraina pozitsiyalariga hujum qilishga jalb qilmoqda, balki halok bo‘lgan askarlarni yashirishga ham harakat qilmoqda. Shimoliy Koreya askarlariga yuzlarini ko‘rsatish taqiqlangan. Kamiga ular mavjud bo‘lgan har qanday video dalillarni Rossiya harbiylari o‘chirishga harakat qilgan.

Koreyaliklarning Putin uchun jang qilishi va o‘lishiga hech qanday sabab yo‘q. Va o‘limdan keyin ham ular hech narsaga erishmaydi”, deydi Ukraina Prezidenti o‘zining Telegram kanalida.

Zelenskiy videoda sodir bo‘lgan voqeani “Rossiyada hukm surayotgan hurmatsizlik, insoniylikka, hamma narsaga hurmatsizlik namoyishi” deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya qo‘shinlari allaqachon Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatida Ukraina qurolli kuchlari bilan janglarda halok bo‘lgan va yaralangan “bir necha yuz” askarini yo‘qotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Zelenskiy shimoliy koreyaliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing