Rossiya askarlari koinotdan ham ko‘rinadigan “mega xandaq” qazimoqda. Nima uchun?

Olam

image

Ukrainaning qarshi hujumiga tayyorlanayotgan Rossiya Zaporoje viloyatida ulkan xandaq qazimoqda. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi

Qayd etilishicha, Rossiya Ukrainaga qarshi hujumga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu sababli Zaporoje viloyatida qurilayotgan va hozirda 72,4 kilometrga yetgan “mega xandaq”ni hatto kosmosdan ham ko‘rish mumkin. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yili “referendumlar” orqali qo‘shib olingan ushbu viloyat yana Ukraina tomonidan qaytarib olinishidan cho‘chimoqda. Ukrain qo‘shinlarini o‘tkazmaslik maqsadida qurilayotgan xandaq front chizig‘idan qariyb 80 kilometr ortda joylashgan. 

Xandaq Melitopol shahri markazidan 9,6 kilometr uzoqlikda bo‘lib, Primore viloyatidagi Marinovka qishlog‘iga qadar yetadi. Qurilish Qirg‘izistondan borgan yollanma ishchilar tomonidan amalga oshirilayotgani, ba’zi hollarda ishchilarga va’da qilingan mablag‘ to‘lab berilmayotgani xabar qilingan. 

Ko‘plab tahlilchilar tomonidan ushbu xandaqning qurilishi o‘tgan yili Kiyevni bir necha kunda egallab olishni maqsad qilgan Putinning Ukrainadagi muvaffaqiyatsizliklarni tan olishini anglatishi ta’kidlanmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya muhojirlarni shartnoma asosida harbiy xizmatga jalb qilishi ma’lum qilingandi. Shuningdek, Rossiya qo‘shinlari Baxmutni egallaganini iddao qilishiga javoban, Ukraina vakili bu xabar yolg‘on ekanini aytib, ruslar “qandaydir hojatxona ustida” bayroq ko‘targanini ta’kidlagandi.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing