Rossiya armiyasi Kremenchukka kassetali o‘q-dorilar bilan zarba berdi
Olam
−
21 iyun
4784Bugun, 21 iyunga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududlariga raketa va uchuvchisiz samolyotlar bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari xabar berdi.
Umuman olganda, tunda Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaga 272 ta uchuvchisiz samolyot, shuningdek, “Kinjal”, “Kalibr” va “Iskander-K” raketalarini uchirdi.
“Ukraina havo mudofaasi 252 ta dron, ikkita “Kinjal”dan biri, ikkita “Kalibr”dan bittasi va uchta “Iskander” raketalarini yo‘q qildi”, deya xabar beradi Ukraina Qurolli kuchlari.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, qulab tushishlar faqat Kremenchuk shahrida qayd etilgan. Shahar Poltava viloyatida, Dneprning chap qirg‘og‘ida joylashgan. Urushdan oldin u yerda 200 mingga yaqin odam yashagan. Bu shahar Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan bir hafta ichida ikkinchi marta hujumga uchramoqda.
Poltava viloyati harbiy ma’muriyatining Telegram-kanali Kremenchug tumanida energetika infratuzilmasi ob’ektlari va ochiq maydonlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarbalar va vayronalar tushgani haqida xabar berdi. Bir kishi o‘rtacha darajada tan jarohati olgan.
O‘z navbatida, Poltava viloyati politsiyasining xabar berishicha, tungi otishmadan so‘ng shaharda diametri taxminan 10 sm bo‘lgan metall sharlar ko‘rinishidagi o‘q-dorilardan klaster elementlari topilgan. Kassetali o‘qlardan foydalanish 2010 yilgi xalqaro konvensiya bilan taqiqlangan. Biroq na Rossiya, na Ukraina uni imzolagan.
Mahalliy OAVning xabar berishicha, zarbadan so‘ng shahar markazidagi uylarning derazalari ham sinib ketgan, ko‘chalarda raketa va dron qoldiqlari bor.
15 iyunga o‘tar kechasi rus qo‘shinlari Kremenchugga raketalar va uchuvchisiz samolyotlar bilan zarba berdi. O‘shanda Rossiya Mudofaa vazirligi zarba nishoni mahalliy neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi