Rossiya Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi

Olam

image

Rossiya chegarachilari Armaniston va Eron chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktini qo‘riqlashni to‘xtatadi. Bu haqda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiya chegarachilari Armaniston mustaqillikka erishganidan beri nazorat-o‘tkazish punktini nazorat qilib keladi. Joriy yilning 8 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Moskvadagi uchrashuvda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin shu haqda kelishib olgan.

Kelishuvga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab nazorat-o‘tkazish punktida nazorat to‘liq Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) chegara qo‘shinlari tomonidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, MXX chegara qo‘shinlari Armanistonning Eron va Turkiya bilan davlat chegaralarini himoya qilishda ishtirok etadi.

Shuningdek, Pashinyan Armaniston va Eron o‘rtasidagi chegara nazorat punktida rossiyalik chegarachilar xizmati uchun Putinga minnatdorlik bildirgan.

Chegara mavzusidan tashqari Pashinyan Putin bilan “Dunyo chorrahasi” loyihasi tafsilotlarini muhokama qilgan.

Ma’lumot uchun, “Dunyo chorrahasi” – Armaniston, Turkiya, Ozarbayjon va Eron orqali transport koridorini yaratish bo‘yicha Armaniston tashabbusi. Rejalashtirilganidek, u har bir davlatning suvereniteti va yurisdiksiyasi ostida Rossiya Federatsiyasi ishtirokisiz ishlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing