Rossiya aktyor Jim Kerrini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Olam

image

Rossiya 100 nafar Kanada fuqarosini, jumladan aktyor Jim Kerrini ham taqiqqa uchraganlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining bugun, 14 noyabr kuni chop etilgan bayonotida aytiladi.

“Bosh vazir Jastin Tryudo “rejimi”ning Rossiya rahbariyati, siyosatchilar va parlament a’zolari, biznes vakillari, ekspertlar va jurnalistlar, madaniyat arboblari, shuningdek, Kanada rusofob ma’murlari nomaqbul deb hisoblagan har qanday shaxsga qarshi sanksiyalar qo‘llash amaliyotiga javoban Kanadaning 100 fuqarosi uchun o‘zaro kelishuv asosida mamlakatga kirish cheklandi”, deyiladi bayonotda.

Departamentning qo‘shimcha qilishicha, ro‘yxatga “Rossiyaga qarshi tajovuzkor kurs”ni shakllantirishda ishtirok etgan amaldorlar, tadbirkorlar va faollar kiritilgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi o‘z saytida Rossiyaga kirishi taqiqlangan Kanada fuqarolarining ism-shariflari ro‘yxatini ham e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Jim Kerri

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing