Rossiya AQSHning uzoq masofali raketalarini Yevropaga joylashtirishiga javob qaytaradi – Peskov

Olam

image

AQSHning Yevropada uzoq masofali raketalarni joylashtirishiga Rossiya munosib javob qaytaradi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, uzoq masofali raketalarini joylashtirishga javob berish uchun Rossiya yetarli imkoniyatlarga ega, ammo bu holatda potensial qurbonlar Yevropa mamlakatlari bo‘ladi.

Germaniya kansleri Olaf Shols esa 2026 yildan boshlab Amerikaning uzoq masofaga uchuvchi qurollarining Germaniyada joylashtirilishini urushning oldini olish deb atagan. Uning fikricha, bu Rossiya Federatsiyasi bilan keskinlashuvga olib kelmaydi.

Peskov, o‘z navbatida, Rossiya Federatsiyasiga qarshi qo‘llanilgan raketalar masofasini yanada oshirishni provokatsiya deb hisoblagan.

“Har doim paradoksal vaziyat bo‘lgan. Qo‘shma Shtatlar turli xil masofadagi raketalarni joylashtirgan va har doim an’anaviy ravishda mamlakatimizni nishonga olgan. Shunga ko‘ra, raketalarimiz uchun nishon sifatida Yevropa davlatlari markazlari belgilanyapti”, degan Kreml matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Vladimir Putin Rossiya o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni ishlab chiqarishni boshlashi kerakligini aytgandi. Shuningdek, NATOning 4 ta davlati Germaniya hududidan Rossiya nishonlariga yetib borishi reja qilinayotgan uzoq masofali raketalarni birga ishlab chiqarishga kelishib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Evropa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made