Rossiya AQSHning kiberhujumlar uyushtirishidan xavotirda 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning Rossiyaga yaqinlashib kelayotgan kiberhujumlari haqida Amerikaning "The New York Times" nashrida maqola chop etilgani Rossiyaning xavotiriga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

"Ogohlantiruvchi ma’lumot. Yetarlicha nufuzli nashr kiberhujumlar ehtimoli haqida e’lon qildi. Nashrning bunday ma’lumotlar chop etgani bizni xavotirga solmoqda. Shuni eslatish kerakki, Rossiya Federatsiyasining kiberterrorizm bilan hech qachon aloqasi bo‘lmagan va bo‘lmasligi kerak", degan Peskov. 

Ma’lumot o‘rnida, "The New York Times" yaqin uch hafta ichida AQSH Rossiya tarmoqlariga kiberhujumlar uyushtirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan. Ta’kidlanishicha, ushbu kiberhujumlar SolarWinds dasturiy ta’minotiga qilingan hujumga javob bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing