Rossiya AQSHdan uzoqlashishda davom etyapti

Olam

image

AQSH G‘aznachiligi mamlakatning davlat qimmatli qog‘ozlariga xorijiy investitsiyalar to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlarni e’lon qildi, deya xabar bermoqda “EurAsiaDaily”. May oyi bilan taqqoslaganda, iyun oyida Rossiya investitsiyalarni qisqartirishni davom ettirdi va hozirda ular $ 10, 884 milliardni tashkil qilmoqda.

Shu bilan birga, uzoq muddatli obligatsiyalarga investitsiyalar hajmi 5,296 milliard dollargacha o‘sdi (may oyida u 5.250 milliard dollarni tashkil etdi), qisqa muddatli obligatsiyalar ulushi 6.774 milliard dollarga nisbatan 5.552 milliard dollarga kamaydi.

2019 yil iyun oyidagi AQSH obligatsiyalarining eng yirik egalarining uchta yetakchisi Yaponiya, Xitoy va Buyuk Britaniyani o‘z ichiga oladi.

Rossiya 2018 yil bahorida Amerika obligatsiyalaridan faol ravishda qutulishni boshladi. Agar o‘tgan yilning boshida Rossiyaning AQSHning qarz majburiyatlari bo‘yicha sarmoyasi 90 milliard dollardan oshgan bo‘lsa, 2018 yilning yozida investitsiyalar hajmi qariyb 15 milliard dollarni tashkil etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing