Rossiya AQSH va yana 7 davlat bilan aviaparvozlarni tikladi
Olam
−
28 iyun 2021
6371Rossiya bugun, 28 iyundan yana sakkizta davlat — Belgiya, Bolgariya, Iordaniya, Irlandiya, Italiya, Kipr, Shimoliy Makedoniya va AQSH bilan muntazam parvozlarni tikladi.
Shuningdek, bugundan boshlab rossiyaliklar xorijiy mamlakatlarga Bryansk va Ulyanovsk xalqaro aeroportlaridan parvoz qila olishlari mumkin. Ko‘rsatilgan deyarli barcha yo‘nalishlarda parvozlar uchun kvotalar joriy etilgan.
Bungacha Rossiya Avstriya, Vengriya, Livan, Lyuksemburg, Mavrikiy, Marokko, Xorvatiya, Albaniya, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Hindiston, Islandiya, Qozog‘iston, Meksika, Portugaliya, Saudiya Arabistoni, Vetnam, Venesuela, Gretsiya, Germaniya, Singapur, Serbiya, Efiopiya, Qatar, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Misr, BAA, Shveysariya, Shri-Lanka, Finlyandiya, Yaponiya, Maldiv orollari, Malta, Kuba, Seyshel orollari, shu jumladan O‘zbekistonga xalqaro parvozlarni tiklagandi.
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning 27 martidan boshlab Rossiya koronavirus pandemiyasi sababli boshqa davlatlar bilan muntazam va charter reyslarni to‘xtatgandi. O‘tgan yilning avgust oyidan boshlab esa Rossiya Federatsiyasi xalqaro havo qatnovini bosqichma-bosqich tiklashni boshladi.
LiveBarchasi