Rossiya AQSH va Eron o‘rtasidagi kelishuvga aralashmoqchi

Olam

image

Rossiya rahbariyati AQSH va Eron o‘rtasida yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralar jarayoniga ko‘maklashishga tayyor. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov eronlik mavqedoshi Abbos Aroqchi bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha bugun, 18 aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z ochdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonlar o‘rtasidagi ushbu kelishuvni qo‘llab-quvvatlaydi.

“Albatta, Rossiya bu jarayonga ko‘maklashishga tayyor va Eron Islom Respublikasining qonuniy manfaatlarini hisobga oladigan kelishuvlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi”, degan Lavrov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomoni Eron va AQSH o‘rtasidagi muzokaralar jarayonida Tehron uchun foydali bo‘lgan har qanday rolni o‘ynashga tayyor.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 12 aprel kuni AQSH va Eron o‘rtasida yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarning birinchi bosqichi Ummonda bo‘lib o‘tdi. Eron delegatsiyasiga Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi, AQSH tomonidan esa prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff boshchilik qildi. Uchrashuv deyarli uch soat davom etdi, unda vakillar Eron yadro dasturi va Erondan sanksiyalarni olib tashlashni muhokama qildi. Keyinroq Ummon Tashqi ishlar vazirligi Eron va AQSH o‘rtasidagi Tehron yadroviy dasturi atrofidagi kelishmovchiliklarni hal qilish bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi raundi 19 aprel kuni Rimda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 aprel kuni Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Moskvada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda Rossiya tomonidan Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, Eron tomonidan esa Eronning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Kozim Jaloliy ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing