Rossiya AQSH harbiy bazasini nazoratga oldi

Olam

image

Rossiya harbiy politsiyasi Suriya shimolidagi Kobani yaqinidagi aerodromni himoyaga oldi. Bu yerda amerikaliklar tashlab ketgan harbiy baza bor. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Bundan oldin Suriya Hukumat qo‘shinlari Halab viloyati shimolidagi Metras aholi punktidagi aerodrom ustidan nazorat o‘rnatgandi. Aerodromning uchish yo‘lakchasi yonida AQSH harbiy bazasi bo‘lgan. Amerikaliklar bu aerodromdan o‘z qo‘shinlarini ta’minlashda foydalangan.

Amerika harbiylari bu bazani 13 noyabr kuni tark etdi. Shundan so‘ng, Rossiya harbiylari tezlik bilan bazaga kirib oldi.

Hozirda rossiyalik sapyorlar bazani tekshirib chiqyapti. Ular amerikaliklar bazada o‘zlaridan keyingilarga kutilmagan “sovg‘a” qoldirib ketgan bo‘lishi mumkinligidan xavotirda.

Amerikaliklar qoldirib ketgan infratuzilma ularning bu yerda uzoq muddat qolishni mo‘ljallaganiga ishora qilgan. Bazada ko‘ngildagidek yashash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Qayd etilishicha, tez orada bu bazada mahalliy aholiga insonparvarlik yordami tarqatish punti ochiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya Suriya harbiy baza

Baholaganlar

252

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing