Rossiya Afrikaga yaqinlashmoqda, Putin 20 milliard dollar qarzning bahridan kechdi

Olam

image

"Rossiya Afrika davlatlarining 20 milliard dollarlik qarzni bekor qildi", dedi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda MK xabar bermoqda. 

Qayd etilishcha, Rossiya Afrika davlatlarining soliq yukini yengillashtirish choralarida ishtirok etmoqda.Ba’zi davlatlar bilan birgalikda milliy iqtisodiy loyihalarni moliyalashtirishda qarzlardan foydalanish bo‘yicha dasturlar ishga tushirildi.

Hozirga kelib, Afrika mamlakatlari Rossiya biznesiga katta qiziqish bildirmoqda.So‘nggi besh yil ichida Afrika mamlakatlari va Rossiya o‘rtasidagi savdo hajmi ikki baravar o‘sib, 20 milliard dollardan oshdi. "Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 2050 yilga kelib Afrika davlatlarining yalpi ichki mahsuloti 29 trillion dollarga yetadi", dedi Putin. 

"Biroq, hozircha tovar aylanmasi unchalik katta emas, uning 40 foizi Misr Arab Respublikasi hissasiga to‘g‘ri keladi", dedi Rossiya rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Afrika Putin

Baholaganlar

214

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing