Rossiya Afrika davlatlarining 20 milliard dollarlik qarzlarini uzdi

Olam

image

Rossiya Afrika davlatlarining 20 milliard dollardan ortiq qarzlarini uzdi. Bu haqda Prezident Vladimir Putin Rossiya-Afrika parlamentlari konferensiyasida ma’lum qilgan.

“O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi yildan-yilga o‘sib bormoqda, o‘tgan yil yakuniga ko‘ra bu ko‘rsatkich qariyb 18 milliard dollarga yetdi”, deydi Rossiya rahbari. 

Uning qayd etishicha, moliyaviy hisob-kitoblarda milliy valyutalarga o‘tish va yangi transport-logistika zanjirlarini tashkil etish kontr-savdo aylanmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

“2021 yilda boshlangan Afrika kontinental erkin savdo hududini tashkil etish jarayoni bilan qo‘shimcha imkoniyatlar ochiladi, u kelajakda umumiy yalpi ichki mahsuloti 3 trillion dollardan ortiq bo‘lgan kontinental bozorga aylanadi”, deydi Putin.

Kecha, 20 mart kuni “Rossiya-Afrika ko‘p qutbli dunyoda” deb nomlangan xalqaro parlament konferensiyasi bo‘lib o‘tgan edi.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Vladimir Putin Afrika davlatlari qarzlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made