Rossiya 8 ta mamlakat bilan aviaparvozlarni tikladi 

Olam

image

Rossiya bugun, 10 iyundan boshlab sakkizta mamlakat bilan muntazam parvozlarni tikladi. Ular orasida Avstriya, Vengriya, Livan, Lyuksemburg, Mavrikiya, Marokash, Xorvatiya bor. Bundan tashqari, Albaniyaga charter reyslar amalga oshiriladi.  

Ushbu mamlakatlarga parvozlarni qayta tiklash to‘g‘risidagi qaror koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab tomonidan qabul qilingan. Parvozlar uchun kvotalar deyarli barcha yo‘nalishlarda joriy etilgan — Moskva va boshqa davlat o‘rtasida haftasiga ikkitadan ko‘p bo‘lmagan reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Shu bilan birga, Moskva — Lyuksemburg, Moskva — Bayrut va Moskva — Tirana yo‘nalishlari uchun haftasiga bitta reys amalga oshiriladi. 

Ayni paytda Rossiyadan xalqaro reyslar O‘zbekiston bilan bir qatorda Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Hindiston, Islandiya, Qozog‘iston, Meksika, Portugaliya, Saudiya Arabistoni, Vetnam, Venesuela, Gretsiya, Germaniya, Singapur, Serbiya, Efiopiya, Qatar, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Misr, BAA, Shveysariya, Shri-Lanka, Finlyandiya, Yaponiya, Maldiv orollari, Malta, Kuba, Seyshel orollariga tiklangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya parvoz

Baholaganlar

497

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing