Rossiyada 70 dan ortiq hindistonlik aldanib, urushga yollangan – OAV
Olam
−
30 avgust
4367Ukrainada 70 dan ortiq hindistonlik Rossiya tomonida jang qilish uchun aldanib qolgan, ulardan kamida sakkiz nafari halok bo‘lgan va ularning jasadlari hali ham ortga qaytarilmagan. Bu haqda Hindiston parlamenti a’zosi, deputat Vikramjit Singx Sahnaibga tayanib, “Dojd” telekanali xabar berdi.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bilan urushda qolgan Hindiston fuqarolarining aksariyati ish bilan ta’minlash bahonasida Rossiyaga taklif qilinib, keyin esa tarjimonlarsiz Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga majbur bo‘lmoqda. Shu bilan birga, odamlar ko‘pincha o‘sha joyga yetib borganidan keyingina frontga yetganliklarini tushunmoqda.
“Iyul oyida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Moskvaga tashrifi va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi chog‘ida Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan hindistonliklarni demobilizatsiya qilish va yangi yollanishlarning oldini olish borasida savollarni ko‘targan edi. Putin ikkala masalani hal qilishda yordam berishga va’da berdi, biroq bu hali Ukrainada jang qilayotgan hindlarning ahvoliga ta’sir qilmadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Moskva yaqinidagi Novo-Ogaryovo qarorgohida uchrashgandi.
Zebo Turobjonova
LiveBarchasi