Rossiya 32 nafar yangi zelendayalikni “qora ro‘yxat”iga qo‘shib qo‘ydi 

Olam

image

Rossiya Yangi Zelandiyaning 32 fuqarosiga, jumladan, mamlakat Qurolli kuchlari qo‘mondonligi vakillari va jurnalistlarga nisbatan sanksiyalar joriy qiladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining bergan bayonotida aytiladi.

“Yangi Zelandiya hukumatining Rossiya fuqarolari – ham mansabdor shaxslar, ham ularning oila a’zolari, shuningdek biznes hamjamiyatlari va ommaviy axborot vositalari vakillariga nisbatan qo‘llab kelayotgan sanksiyalariga javoban mamlakatda rusofoblik tartibni o‘rnatayotgan munitsipal organlar, huquqni muhofaza qilish idoralari va jurnalistlarga, jami 32 kishi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi”, deyiladi hujjatda.

Xususan, Milliy dengiz floti qo‘mondoni o‘rinbosari Sheyn Arndell, Harbiy-dengiz kuchlari operativ qo‘mondoni Gerin Golding, Qurolli kuchlar quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari Rouz King va boshqalarga cheklovlar qo‘yilgan. 

Bundan tashqari, qora ro‘yxatga Yangi Zelandiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Mayk Yadli, Kraystcherch, Vellington, Oklend, Danidin, Nelson shaharlari merlari, ushbu aholi punktlari shahar kengashlari a’zolari, shuningdek gazeta sharhlovchilari, publitsistlar va boshqa OAV vakillari kiritilgan.

Qayd etilishicha, ushbu shaxslar uchun Rossiya Federatsiyasiga kirish noma’lum muddatga yopilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya sanktsiya Yangi Zelandiya

Baholaganlar

31

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made