Rossiya 11 davlat bilan vizasiz sayohat rejimini joriy qilishi mumkin
Olam
−
05 mart 2023
19359Rossiya 11 davlat bilan hukumatlararo vizasiz sayohat kelishuvlarini tayyorlamoqda. Bu haqda TASS agentligiga Rossiya Federatsiyasi davlat kotibi – Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Ivanov ma’lum qildi.
“Fuqarolarning bir qator davlatlar bilan vizasiz sayohati bo‘yicha hukumatlararo bitimlar loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu davlatlar: Bahrayn, Ummon, Saudiya Arabistoni, Bagama orollari, Barbados, Gaiti, Zambiya, Quvayt, Malayziya, Meksika, Trinidad va Tobago”, deydi Ivanov.
Uning qayd etishicha, bunday xalqaro shartnomalar bo‘yicha muzokaralar jarayoni va uni imzolash sur’ati Rossiyaga ham, hamkorlarga ham birdek bog‘liq.
“Tegishli kelishuvlarga erishilgach, Rossiya diplomatik departamenti, albatta, jamoatchilikni xabardor qiladi”, deydi u.
Senator Aleksey Pushkovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya fuqarolari uchun vizasiz davlatlar ro‘yxatini kengaytirish ishlari G‘arbning Rossiyani yakkalab qo‘yishga urinishlari hozircha muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ko‘rsatadi.
LiveBarchasi