Rossiya 1 iyun kuni 300 ming kishini safarbar qilishga tayyorlanmoqda – Zelenskiy
Olam
−
04 aprel 2024
6987Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hukumati qo‘shimcha safarbarlik tayyorlayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u Kiyevda Finlyandiya rahbari Aleksandr Stubb bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Aytishim mumkinki, 1 iyun kuni Rossiya 300 ming qo‘shimcha askarni safarbar qilishga tayyorlanmoqda”, deydi Zelenskiy.
Jurnalistlarning 2024 yilda Ukraina armiyasiga qancha odam safarbar etilishi haqidagi savoliga javob berar ekan, Zelenskiy “bizga yarim million kerak emas”, deydi.
Zelenskiy 2023 yil oxirida aytganidek, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi 400-500 ming ukrainalikni safarbar qilishni taklif qilgan.
Ukraina Prezidenti oxir-oqibat qancha ukrainalik safarbar qilinishini aytmagan.
Shuningdek, Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyga Ukraina armiyasida audit o‘tkazgani uchun minnatdorlik bildirgan.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov TASSga bergan izohida Zelenskiyning Rossiya Federatsiyasi qo‘shimcha safarbarlik rejalashtirayotgani haqidagi bayonotini “haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini” bildirgan.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar