Rossiya hujumi tufayli Odessadagi litsey vayron bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 20 iyun kuni Rossiya raketa va dronlar orqali Odessaga hujum qildi. Hujum oqibatida Odessa viloyatidagi litseyga raketa borib tushgan. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, litsey butunlay vayron bo‘lgan. Binoda faqat xodimlar bo‘lib, o‘quvchilar bo‘lmagan.

Ma’lum qilinishicha, hozircha 2 qurbon bor. Qutqaruv ishlari davom etmoqda. 

“Afsuski, vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkin. Ikki o‘lim allaqachon ma’lum. Ularning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman”, deydi Zelenskiy.

Shuningdek, siyosatchi Rossiya rahbarlarining o‘zgarmasligi, ularga nisbatan sanksiya va bosimni yanada kuchaytirish kerakligini ta’kidlagan.

“Rossiya rahbariyati o‘zgarmoqchi emas. Urushni o‘z-o‘zidan tugatmaydi. Shuning uchun biz Rossiyaga bosim hamda sanksiyalarni kuchaytirishimiz zarur. Hozir biz o‘zimizni hujumlardan himoya qilyapmiz. Agar Rossiya tinchlik o‘rnatishga majburlanmasa, biz Yevropa mamlakatlaridagi litseylar, shifoxonalar va turar-joy binolarini himoya qilish haqida ham o‘ylashimiz kerak”, deydi mamlakat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya armiyasi Odessa shahriga dronlar bilan yirik hujum uyushtirgani, hujum oqibatida 1 kishi halok bo‘lib, 14 kishi yaralangani xabar qilingan edi.

Dilshod Hakimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Odessa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing