Rossiya Hindistonga yangi qudratli tank qurishda yordam taklif qildi
Olam
−
28 dekabr 2021 7466 1 daqiqa
Rossiya Hindistonga “Armata” universal platformasi negizida yangi hind tankini ishlab chiqishni taklif qildi. Bu haqda Rossiyaning Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati (HTHFX) matbuot kotibi Valeriya Reshetnikova RIA Novosti agentligiga xabar berdi.
“Hindiston harbiylari yangi asosiy jangovar tank yaratish bo‘yicha ishlarni boshlashni rejalashtirayotganini hisobga olsak, yaqinda bo‘lib o‘tgan harbiy va harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha Rossiya-Hindiston hukumatlararo komissiyasi sammiti chog‘ida hindistonlik hamkorlarga Rossiya o‘zining “Armata” platformasi asosida zirhli transport vositalarini yaratishni taklif qildi”, deydi Reshetnikova.
Asosiy jangovar tank – bu ko‘p maqsadli tank bo‘lib, yuqori o‘q otish kuchi, zirhli himoya va harakatchanlikni o‘zida mujassamlashtirgan.
Ma’lumot uchun, ayni paytda “Armata” platformasidagi zirhli transport vositalari Rossiya Qurolli Kuchlari uchun davlat sinovlaridan o‘tmoqda.
Munira Tursunova
Live
Barchasi