Rossiya harbiy xarajatlarini ikki baravarga oshirdi – “Reuters”
Olam
−
04 avgust 2023
6079Rossiya 2023 yilga mo‘ljallangan mudofaa xarajatlarini ikki baravar oshirib, 100 milliard dollarga yetkazdi. Bu haqda hukumat hujjatiga tayanib, bugun, 4 avgust kuni “Reuters” agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, 2023 yilning birinchi yarmida Rossiya mudofaa uchun rejalashtirilgan 4,98 trillion rubldan (54 milliard dollar) 12 foiz ko‘proq, ya’ni 600 milliard rubl oshiqroq sarflagan. Bu barcha hukumat xarajatlarining uchdan bir qismini tashkil etadi.
Manbaga ko‘ra, harbiy xarajatlarning oshishi Rossiyaning sanoat ishlab chiqarishi ko‘tarilayotgani hisobidan qoplanmoqda, biroq bu allaqachon 28 milliard dollarga yaqin byudjet taqchilligiga olib kelgan. Eksport tushumlarining kamayishi vaziyatni yanada og‘irlashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal mamlakat Qurolli Kuchlarining yillik xarajati 2 trillion grivnaga (deyarli 55 milliard dollar) teng ekanini aytgandi.
LiveBarchasi