Rossiya Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni o‘zgardi – OAV 

Olam

image

Rossiya Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni admiral Nikolay Yevmenov ishdan bo‘shatildi. Bu haqda kecha, 10 mart kuni manbalariga tayanib, “Fontanka” va “Izvestiya” nashrlari xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shimoliy flot qo‘mondoni Aleksandr Moiseyev Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Rasmiy ravishda, Rossiya Mudofaa vazirligi shaxsiy tarkibdagi o‘zgarishlar haqida xabar bermadi.

Qora dengiz flotining sobiq qo‘mondoni, iste’fodagi admiral Vladimir Komoyedov Yevmenov ishdan ketgani va uning vazifasi Moiseyevga yuklatilganini tasdiqladi. 

"Ha, bu ishonchli ma’lumot. Men bu haqda bilaman. Bu haqda keyinroq xabar qilinadi deb o‘ylayman", degan u.

Ma’lumot uchun, Nikolay Yevmenov 2019 yil may oyidan beri Harbiy-dengiz kuchlarini boshqarib kelayotgan edi. Oxirgi oylarda Rossiya Ukraina Harbiy-dengiz kuchlarining uchuvchisiz samolyotlarining hujumlari tufayli ketma-ket bir necha Qora dengiz floti harbiy kemalarini yo‘qotdi. Ukraina Qurolli kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, 5 mart kuni Sergey Kotov patrul korveti yo‘qotilganidan keyin Rossiya harbiy kemalari Qora dengizda jangovar navbatchilik qilishni to‘xtatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Nikolay Evmenov Aleksandr Moiseev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing