Rossiya har qanday dushmanni aniqlash va qaqshatqich zarba berishga qodir — Putin

Olam 9553
image

Rossiya Harbiy-dengiz flotini doimiy ravishda va muvaffaqiyatli takomillashtirib bormoqda hamda har qanday dushmanni aniqlashga va zarurat bo‘lsa, unga muqarrar zarba berishga qodir. Bu haqda kecha, 25 iyul kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatning bosh harbiy-dengiz paradi boshlanishidan oldin aytib o‘tdi.

“Rossiya qisqa vaqt ichida yetakchi dengiz kuchlari orasida munosib o‘rin egalladi. Kamtarin Petrov qayig‘idan okean zonasining va yadroviy suv osti kemalarigacha bo‘lgan rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Shuningdek, uzoq va yaqin masofada harakatlanadigan ishonchli dengiz aviatsiyasiga, ishonchli qirg‘oq mudofasii tizimlariga, dunyoda hanuzgacha o‘xshashi bo‘lmagan yuqori tezlik va aniqlikka ega qurollar tizimini qo‘lga kiritdi va doimiy takomillashtirib kelmoqda”, degan RF Prezidenti.

Putin bugungi kunda Rossiya Harbiy-dengiz kuchlarida mamlakat va uning manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar borligini ta’kidladi.

“Biz har qanday – suv osti, suv usti, havodagi dushmanni aniqlash va zarurat bo‘lsa, qaqshatqich zarba berishga qodirmiz”, deya urg‘ulagan Putin.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 488
Reyting: 2.9
t
×