“Rosatom” rahbari O‘zbekistondagi AES qurilishini eng ustuvor loyiha deb atadi
Jamiyat
−
15 may 2019
4415O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish loyihasi Rosatom uchun ustuvor vazifadir. Bu haqda chorshanba kuni davlat korporatsiyasi rahbari Aleksey Lixachev ma’lum qilgan. “O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish “Rosatom” uchun ustuvor loyihalardan biridir” degan Lixachev Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tayotgan energetika forumiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning ochilish marosimidagi nutqida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, atom stansiyasining qurilishi bo‘yicha kelishuv imzolanganidan buyon ko‘p ishlar qilingan. “Kelgusida stansiya qurilishi uchun joy tanlandi. Loyihaning iqtisodiy-ijtimoiy jihatlari muhokama qilinib, soha uchun kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi” degan korporatsiya rahbari.
Ma’lumot uchun, 2022 yilda qurilishi boshlanadigan atom elektr stansiyasi quvvati 1 ming 200 megavatt quvvatga ega ikkita energoblokdan iborat bo‘ladi. Ushbu stansiya Xalqaro atom energiyasi agentligining barcha xavfsizlik talablariga to‘la javob beradi. Ma’lum bo‘lishicha, stansiyaning ilk energiya bloki 2028 yilda ishga tushiriladi.
Atom energiyasi afzalliklari juda ko‘p. Misol uchun stansiyada is gazi paydo bo‘lmaydi. Katta miqdordagi gaz iqtisod qilinishi bilan birga, tabiatga korbanat angidrid va azot oksidlari chiqarilishi keskin kamayadi.
LiveBarchasi