“Rosatom” rahbari O‘zbekistonda AES qurish loyihasi to‘xtamaganini aytdi

Olam

image

“Rosatom” tomonidan O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomaviy ishlar yakuniy bosqichga yetdi. Bu haqda “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev joriy yilning 27-28 noyabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tayotgan “Primakov o‘qishlari” forumida so‘zlagan nutqida ma’lum qilgan. 

“2019 yilda, tushunishimizcha, biz barcha asosiy qarorlarga erishdik. Pandemiya ko‘p jarayonlarni to‘xtatdi, lekin men o‘zbek loyihasini to‘xtatilgan loyiha deb ayta olmayman. Atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomaviy ishlar yakuniy bosqichda”, deydi u.

Lixachevning qayd etishicha, loyihani ishlab chiqish davom etmoqda.

“Biz qo‘shimcha takliflar berdik, jumladan, kam quvvat bo‘yicha, kadrlar tayyorlash bo‘yicha. Shartnoma ustida ishlash ancha qizg‘in davom etmoqda va menimcha, umuman olganda, biz shartnomani imzolashdan uzoq emasmiz”, deydi Lixachev. 

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda “Rosatom” O‘zbekistonning Jizzax viloyatida “3+” avloddagi ikkita VVER-120 reaktoridan iborat kompleks qurishni rejalashtirayotgani xabar qilindi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Jizzax AES ishga tushirilganda O‘zbekistonning energiyaga bo‘lgan ehtiyojining 15 foizini ta’minlaydi. 

Ma’lumot o‘rnida, 2018 yil sentyabr oyi boshida Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov Respublika hududida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi.

2018 yilning oktyabr oyida esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ushbu yirik loyihaga start bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rosatom AES Aleksey Lixachev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing