Saida Mirziyoyeva AQSH Kongressi a’zosi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 19 mart kuni  O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi a’zosi, O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha parlament kokusi ishtirokchisi Kerol Miller bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yozib qoldirdi. 

Ma’lum qilinishicha, Mirziyoyeva va Miller O‘zbekiston – AQSH munosabatlarini yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashgan.

“Ta’lim sohasidagi islohotlar, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, bu yo‘nalishlarda Kongress bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga to‘xtaldik. Qizg‘in suhbat va qo‘llab-quvvatlov uchun Miller xonimga minnatdorlik bildiraman”, dedi Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, 17 mart kuni  Kerol Millerni Toshkentda dastlab O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, keyin esa O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston Saida Mirziyoeva Kerol Miller

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing