Ronalduning “Yunayted” bilan muzokaralari tafsiloti ma’lum qilindi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” futbolchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh klub rahbariyati bilan yig‘ilish o‘tkazib, mijozining istaklarni ma’lum qildi. Bu haqda COPE nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agent “Manchester Yunayted” rahbariyatidan 37 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni so‘ragan. Qo‘shimchasiga Mendesh Ronaldu Yevropa Chempionlar ligasida o‘ynaydigan jamoaga bir mavsumga ijaraga berilishi kerakligini ham urg‘ulagan.

Qayd etilishicha, “Manchester Yunayted” rahbariyati portugaliyalik hujumchini ijaraga berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, “qizil iblislar” kelasi mavsum oxirida Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishini mo‘ljallamoqda. Ronaldu esa bir yildan so‘ng jamoaga qaytib, 2023-2024 yilgi mavsumda klubga yordam berishiga umid qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, Ronaldu o‘tgan mavsumda “qizil iblislar” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urishga erishgan. “Transfermarkt” portali portugaliyalik iqtidor egasini 35 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu “Manchester Yunayted”

Baholaganlar

74

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing