Ronalduning yangi tug‘ilgan farzandlaridan biri vafot etdi

Sport

image

“Manchester Yunayted” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu yangi tug‘ilgan o‘g‘lining vafot etganini ma’lum qildi.

Oktyabr oyi boshida u sevgilisi Jorjina Rodriges egizak farzand kutayotganini ma’lum qilgandi.

“Chuqur qayg‘u bilan ma’lum qilamizki, farzandimiz olamdan o‘tdi. Bu ota-onalar boshdan kechirishi mumkin bo‘lgan eng katta og‘riqdir. Faqatgina qizimizning tug‘ilishi bizga bu onni umid va baxt bilan o‘tkazish uchun kuch bermoqda. Biz shifokor va hamshiralarga yordam va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildiramiz. Biz hammamiz bu yo‘qotishdan xafa bo‘ldik va ushbu juda og‘ir davrda shaxsiy hayot daxlsizligini so‘raymiz. Chaqalog‘imiz, sen bizning farishtamizsan. Biz sizni doim sevamiz”, deyiladi Ronaldu va Rodrigesning xatida.

Ronaldu 37 yoshda. U va Jorjina Rodrigesninig birinchi qiz farzandi 2017 yilda dunyoga kelgan, qizga Alana Martina deb ism qo‘yishgan. Shuningdek, Ronalduning o‘g‘li kichik Krishtianu (2010 yilda tug‘ilgan, onasining ismi oshkor etilmagan) va 2017 yilda surrogat onadan dunyoga kelgan egizaklar Yeva va Mateo bor.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

1281

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing