Ronalduning MYUga ikkinchi kelishi nega omadsiz chiqdi?

Sport

image

“Manchester Yunayted” murabbiylar shtabida yordamchi bo‘lib ishlagan Mayk Felan “mankunianliklar” sharafini himoya qilgan Krishtianu Ronalduning jamoaga ikkinchi marta kelishi nima sababdan omadsiz chiqqaniga izoh berdi.

 Portugaliyalik futbolchi 2021 yilning yozida “Yuventus”dan “Old Trafford” klubi safiga qaytgandi.

“Ronaldu “Manchester Yunayted”ga kelganida, o‘ziga ancha ishongan edi. U oldingidan ancha qaysar va qat’iyatli edi. Futbolchi o‘zi va klubi oldiga yuqori talablarni qo‘ydi. Ronalduning o‘ziga xos mentaliteti esa muammolar keltirib chiqardi. Ronalduning boshqalarga qilgan bosimi hech qanday natija bermagach, uning hafsalasi pir bo‘ldi”, deydi Felan.

“Manchester Yunayted”ni tark etgach, Ronaldu faoliyatini Saudiya Arabistoniga ko‘chirdi. Hozirda futbolchi Ar-Riyodning “Al-Nasr” klubida to‘p tepmoqda.

2021-2022 yillarda portugaliyalik forvard “qizil iblislar” safida umumiy 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urishni uddaladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing