Ronalduning Instagram’dagi reklama posti narxi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
19:23 3162 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning Instagram’da bitta reklama posti uchun oladigan haqi miqdori bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega sportchi hisoblanadi. Bu haqda “LiveScore” nashri xabar berdi.
Nashrning so‘nggi hisob-kitoblariga ko‘ra, portugaliyalik yulduzning bitta homiylik posti taxminan 3,2 million dollarga (37 milliard 657 million 920 ming so‘m) baholanmoqda.
Amerikaning “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi bitta reklama posti uchun taxminan 2,7 million dollar (31 milliard 773 million 870 ming so‘m) olishi mumkin. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha argentinalik futbolchi ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.
Hindistonlik kriketchi Virat Koli har bir reklama posti uchun 1,46 million dollar ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinni egallagan. Braziliyalik Neymarning homiylik posti 1,21 million dollarga, basketbolchi Lebron Jeymsniki esa 866 ming dollarga baholangan.
Qayd etilishicha, mazkur raqamlar sportchilarning o‘zlari tomonidan e’lon qilingan rasmiy reklama tariflari emas. Ular sportchilarning auditoriya hajmi hamda ijtimoiy tarmoq akkauntlarining tijoriy ko‘rsatkichlari asosida hisoblangan taxminiy qiymatlar hisoblanadi.
Live
Barchasi