Ronalduning “ertagi” boshlangan joyda tugashi mumkin
Sport
−
26 avgust 2022
4998Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning “Sporting” jamoasi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda “United Journal” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Ronalduning Portugaliya klubiga o‘tishi 99 foizga aniq bo‘lib ulgurgan. Qayd etilishicha, 37 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted”ni tark etib, Chempionlar ligasida o‘ynaydigan jamoada to‘p tepishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu professional futboldagi faoliyatini aynan “Sporting”da bundan 20 yil avval – 2002 yilda boshlagan.
Ma’lumot uchun, Ronalduning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. Krishtianu joriy mavsumda “Yunayted” safida Angliya Premer ligasining 3 ta uchrashuvida maydonga tushib, bironta samarali harakat amalga oshirmadi.
LiveBarchasi