Ronalduning agenti “Yuventus” bilan yakuniy muzokara o‘tkazadi

Sport

image

Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh “Yuventus” rahbariyati bilan muzokara o‘tkazish uchun Turinga keldi. Mendeshning maqsadi Krishtianuning “Manchester Siti”ga o‘tishini tashkil qilishdan iborat. 

Turinliklar hali ham qat’iy talablarni ilgari surmoqda. Mendesh esa 36 yoshli hujumchini tekinga yoki “Yuventus” talab qilayotgan 25 million yevro mablag‘dan arzonroqqa qo‘yib yuborishlarini so‘ragan. Ronalduning o‘zi jamoani o‘zgartirishga tayyor, “Siti” esa unga yagona da’vogar.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2018 yildan beri Turinning “Yuventus” klubida to‘p tepadi. 36 yoshli portugaliyalik forvard o‘tgan mavsumda 29 ta gol urib, Italiya chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi. Ronalduning Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Futbol Krishtianu Ronaldu Jorje Mendesh

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing