Ronalduni yomonlaydiganlar futbolni tushunmaydi – Pedri
Sport
−
04 yanvar
2848Ispaniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Pedri “Al-Nasr”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
“Kim Krishtianu Ronalduni yomon futbolchi desa, u ahmoq va futbol haqida hech narsa bilmaydi”, deydi Pedri
Ta’kidlash joiz, Ronaldu 2023 yilda 54 ta gol urib, o‘tgan yilning eng yaxshi to‘purariga aylandi.
Portugaliyalik futbolchi 2023 yil boshidan buyon “Al-Nasr” safida to‘p surib kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Ronaldu “Al-Nasr” safida barcha turnirlarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ronaldu “Al-Nasr”ga o‘tgunga qadar “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real” va “Yuventus”da o‘ynagan.
LiveBarchasi