TikTok va WeChat bloklanadi. Tramp farmonni imzoladi

Olam

image
Pekindan hadiksirayotgan G‘arb va Sharq davlatlarining qo‘li Xitoy texnologiyalariga  yetdi north_east

Pekindan hadiksirayotgan G‘arb va Sharq davlatlarining qo‘li Xitoy texnologiyalariga yetdi

AQSH Prezidenti uzoq vaqtdan tilidan tushirmayotgan Xitoyning TikTok va WeChat dasturlarini taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu Amerika fuqarolariga ushbu dasturlarning egalari hisoblangan ByteDance va Tencent kompaniyalari bilan har qanday kelishuv tuzishni taqiqlaydi.

Hujjatlar Oq uy rasmiy saytida e’lon qilindi va 45 kundan so‘ng kuchga kiradi.

Tramp Xitoy kompaniyalari ishlab chiqqan dasturlar AQSHning milliy xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyotiga xavf soladi deb hisoblayapti. Qarorda belgilanishicha, TikTok va WeChat foydalanuvchilar haqida ko‘plab axborotlarni yig‘ib boradi. Oq uy Xitoy Kommunistik partiyasi dastur ma’lumotlaridan foydalana olishini taxmin qilyapti.

Xitoy tomoni rasmiy Vashingtonning harakatlariga e’tiroz bildirdi. Pekin Trampdan iqtisodiy masalalarni siyosiylashtirmaslikni talab qilgan.

Bir necha kun olidan Tramp AQSHda TikTok bloklanishini ma’lum qilgandi. Bu orada Microsoft ByteDance kompaniyasining AQSH, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi biznesini sotib olish istagini bildirgandi. Agar kelishuv 15 sentyabrgacha amalga oshmasa, u mamlakatda butunlay bloklanadi


Maqola muallifi

Teglar

AQSh TikTok

Baholaganlar

212

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing