Ronalduda “Manchester Siti” varianti paydo bo‘ldi

Sport

image

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ni tark etib, Manchesterga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar tarqatdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Turinni tark etish haqida Ronalduning o‘zi jamoadoshlariga ma’lum qilgan. 36 yoshli hujumchini sotib olishga 4-5 ta jamoaning qurbi yetadi, xolos.

So‘nggi kunlarda Ronaldu va uning agentlari “Manchester Siti”ga o‘tish variantini o‘rganmoqda, qayd etilishicha, portugaliyalik allaqachon “shaharliklar”ning bir nechta futbolchilari bilan klubdagi vaziyatni muhokama qilgan. Gvardiola jamoasi Xarri Keyn transferini hal qila olmasa, Krishtianuni ikkinchi variant sifatida ko‘rmoqda.

Avvalroq, Ronalduning agenti Jorje Mendesh mijoziga “Manchester Siti” taklif bilan chiqqani haqida xabar bergandi.

Ma’lumot uchun, besh karra “Oltin to‘p” sohibi Angliya Premer ligasida 2003 yildan 2009 yilgacha “Manchester Yunayted” tarkibida o‘ynagan va 196 ta o‘yinda 84 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Futbol Krishtianu Ronaldu “Manchester Siti Transfer-2021

Baholaganlar

51

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing