Ronaldu Jorjina bilan egizak farzand kutayotganini ma’lum qildi 

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodriges bilan farzand kutmoqda. Bu haqda portugaliyalik forvard o‘zining Instagram sahifasida post qoldirgan

“Egizak farzand kutayotganimizni e’lon qilishdan xursandman. Yuragimiz mehrga to‘la – biz siz bilan uchrashishni intiqlik bilan kutmoqdamiz”, deydi Krishtianu o‘zining sahifasida. 

OAVga ko‘ra, Rodriges 12 haftalik homilador. 36 yoshli portugaliyalik beshinchi marta ota bo‘ladi. Futbolchi Jorjina bilan birgalikda qizi Alana Martinani, shuningdek surrogat onalardan uch nafar farzandni tarbiyalamoqda: kichik Krishtianu (Cristiano Jr.), Eva (Eva) va Mateo (Mateo).

Joriy yilning sentyabr oyida hujumchining onasi Doloresh Aveyru o‘g‘liga modelga uylanmaslikni maslahat bergan edi. Aveyru Rodrigesni faqat futbolchining pullari qiziqtirayotganini aytgan. Uning fikricha, Ronaldu borgan sari oiladan uzoqlashib, faqat kelinni tinglamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1059

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing